UZ
RU
EN
Ўзбекистон Республикаси Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги
Ishonch telefoni
(+99871) 234-11-03
Elektron manzil
info@mjko.uz
Sayt xaritasi
Vazirga taklif
Ўзбекистон Республикаси Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги

Vazirlik haqida

O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2017 yil 18 apreldagi PF-5017 - sonli Farmoniga asosan tashkil etilgan.

O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligining asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlari:

-uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish;

-ko'p xonadonli arzon uylar qurilishi bo'yicha davlat dasturlari amalga oshirilishini taʼminlash, ko'p xonadonli arzon uylar, suv taʼminoti, kanalizaciya, issiqlik taʼminoti obʼektlari qurilishi bo'yicha buyurtmachi funkciyalarini amalga oshirish, eski va avariya holatidagi uy-joylar buzilishini tashkillashtirish;

-ko'p xonadonli uylarning texnik holatini monitoring qilish, shu jumladan, ko'p xonadonli uy-joy fondini mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini tashkil qilish;

-xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ko'p xonadonli uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish va eksplutaciya xarajatlarini aniqlash bo'yicha talablarga, ko'p xonadonli uylarni texnik eksplutaciya qilish qoidalari va normalariga, ko'p xonadonli uylarga tutash hududlarning sanitariya normalari, qoidalari va gigiena normativlariga muvofiq holda saqlanishiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

-suv taʼminoti va kanalizaciya obʼektlari, issiqlik taʼminoti tizimlari, aholi punktlarini rivojlantirish sxemalari va bosh rejalari bilan bog'lagan holda rivojlantirish, modernizaciya va rekonstrukciya qilish dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning sifatli bajarilishini tashkillashtirish, mazkur soha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqaruvini taʼminlash;

-uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish tizimiga resurs va energiya tejaydigan texnologiyalar hamda uskunalarni tatbiq etish, jumladan, uy-joy kommunal xo'jaligi obʼektlarini zamonaviy hisoblash o'lchov asboblari bilan jihozlash, qurilish-montaj ishlari tannarxining pasayishini taʼminlaydigan  zamonaviy va sifatli qurilish materiallari hamda buyumlarini keng qo'llash;

-uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlash, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg'or tajribasini inobatga olgan holda uy-joy kommunal xizmat ko'rsatishning zamonaviy shakl va usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish;

-O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda suv taʼminoti, kanalizaciya, issiqlik taʼminoti bo'yicha ko'rsatiladigan xizmatlar tarif siyosatini shakllantirish, uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish sohasi tashkilotlarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

-uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo'yicha takliflar kiritish, o'quv amaliyotlarini chet ellarda o'tkazishni nazarda tutgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, zamonaviy axborot-kommunikaciya texnologiyalari, dasturiy mahsulotlar, idoraviy axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasi joriy etilishini nazarda tutish.