UZ
RU
EN
Ўзбекистон Республикаси Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги
Ishonch telefoni
(+99871) 234-11-03
Elektron manzil
info@mjko.uz
Sayt xaritasi
Vazirga taklif
Ўзбекистон Республикаси Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги

Yo'nalishlar

 

Ko'p qavatli uylarni boshqarish tizimini rivojlantirish boshqarmasi to'g'risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligining Ko'p qavatli uylarni boshqarish tizimini rivojlantirish bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda boshqarma deb yuritiladi) asosiy vazifalari, funkciyalari, huquqlari, javobgarli, shuningdek, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.

2. Boshqarma bevosita O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vaziri o'rinbosari - ko'p kvartirali uy-joy fondini saqlash va ulardan foydalanish kompleks rahbariga bo'ysunadi.

3. Boshqarma o'z faoliyatini Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi (keyingi o'rinlarda Vazirlik deb ataladi) markaziy tuzilmasidagi va tizimga kiruvchi muassasa, korxona va tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

4. Boshqarma o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasi, O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari va boshqa qonun xujjatlari, Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirining (keyingi o'rinlarda Vazir deb ataladi) buyruq va ko'rsatmalari, shuningdek, ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.

5. Bosh boshqarmaning faoliyati:

ko'p kvartirali uylarning texnik holatini monitoring qilish, shu jumladan, ko'p kvartirali uy-joy fondini mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini tashkil etish;

ko'p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ko'p kvartirali uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish va joylar mulkdorlarining majburiy badallari yoki to'lovlari miqdorini belgilashda xarajatlarning tarkibini aniqlash tartibini belgilash;

ko'p kvartirali uylarga resurs va energiya tejaydigan texnologiyalar hamda uskunalarni tatbiq etishni, ko'p kvartirali uylarda energiya tejamkor va energiya yo'qotishlarini kamaytirishga qaratilgan sanaciya dasturi amalga oshirishni tashkillashtirish;

ko'p kvartirali uylarni boshqarish sohasida rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg'or tajribasini inobatga olgan holda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlash;

ko'p kvartirali uylarni boshqarish organlari uchun kadrlar tayyorlash bo'yicha takliflar kiritish, o'quv amaliyotlarini chet ellarda o'tkazishni nazarda tutgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish bo'yicha takliflar tayyorlash;

ko'p kvartirali uylarni boshqarish organlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish.

2-bob. Bosh boshqarmaning asosiy yo'nalishlari va funkciyalari

 

quyidagilar Boshqarma faoliyatining asosiy yo'nalishlari hisoblanadi:

hududiy uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish tashkilotlarining ko'p kvartirali uy-joy fondini kapital va joriy taʼmirlash ishlarini tashkil etish bo'yicha maqsadli dasturlarni tayyorlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish hududiy boshqarma va bo'limlarining hududiy ijro va davlat organlari bilan, UJMSh va Boshqaruv tashkilotlar bilan xamkorlikdagi ishlarini muvofiqlashtirish va nazoratga olish;

“Eng yaxshi uy” va “Eng yaxshi UJMSh” konkurslarini o'tkazishni tashkillashtirish;

UJMShlarni yuqori istedodga ega bo'lgan mutaxassislar bilan butlash borasida, ularni o'qitish va qayta o'qitish, shunungdek namunaviy mashg'ulotlar va seminarlar o'tkazish bo'yicha ishlarni tashkillashtirish va monitoring olib borish.

xorijiy davlatlarga bo'lim boshliqlari va mutaxassislarni belgilangan tartibda malaka oshirish va tajriba almashish uchun yuborish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

vazirlik hududiy bo'linmalari va tashkiliy tuzilmasiga kiradigan tashkilot, korxonalar ish faoliyatida kommunal xizmat ko'rsatish sohasidagi islohotlarning to'liq amalga oshirilishini, tizimli va kompleks o'rganishni tashkil etish to'g'risida rahbariyatga taklif kiritadi;

vazirliklar, idoralar tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini bo'lim manfaatlarini inobatga olgan holda ko'rib chiqadi;

Boshqarma hodimlari tomonidan ichki mehnat tartibini saqlashni, “Oriyat kodeksi”ga rioya etishni taʼminlaydi.

ko'p kvartirali uy-joy fondidan sifatli foydalanish, uylarni kapital va joriy taʼmirlash uchun mablag'larni to'plash bo'yicha qoraqalpog'iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi, viloyatlar Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish boshqarmalari hamda Toshkent shaxar Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish Bosh boshqarmasi huzuridagi “Yagona hisob-kitob va Taʼmirlash-tiklash” markazi davlat unitar korxonalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

ko'p kvartirali uylarga resurs va energiya tejaydigan texnologiyalar hamda uskunalarni tatbiq etishni, ko'p kvartirali uylarda energiya tejamkor va energiya yo'qotishlarini kamaytirishga qaratilgan sanaciya dasturini amalga oshirishni tashkillashtiradi;

ko'p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasida joylardagi ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari va ko'p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

qoraqalpog'iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi, viloyatlar Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish boshqarmalari hamda Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish bosh boshqarmasi xuzuridagi “Yagona hisob-kitob va Taʼmirlash-tiklash” markazi davlat unitar korxonalari uchun hududlar kesimida biznes-rejalarni ishlab chiqilishini tashkillashtiradi, ularning umumlashtirilgan natijalarini va har yili 25 martgacha rahbariyatga taqdim etadi. Biznes rejalarda istemolchilar qamrovi, tarif siyosati, buyurtma papkasi, xarajatlar va daromadlar smetalari, moliyaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlari, shuningdek ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga alohida etibor beradi;

“Yagona hisob-kitob va Taʼmirlash-tiklash” markazi davlat unitar korxonalarining oylik monitoringini olib boradi va biznes-rejani amalga oshirish bo'yicha umumlashtirilgan maʼlumotni rahbariyatga taqdim etadi;

ko'p kvartirali uy-joy fondini taʼmirlash dasturlari parametrlarini bajarish uchun o'zlarining, imtiyozli kreditlarning va byudjet mablag'larini olishni tashkil etishda barcha “Yagona hisob-kitob va Taʼmirlash-tiklash” markazi davlat unitar korxonalari va uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish hududiy boshqarmalarining tegishli bo'limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

“Yagona hisob-kitob va Taʼmirlash-tiklash” markazi davlat unitar korxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning ishlab chiqarish quvvatini oshirish bo'yicha oylik ishlarni tashkillashtiradi;

ko'p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish va ularga servis xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha xizmat ko'rsatish bozorini rivojlantirish imkonini beradigan amaliy vertikal tizimni yaratishga oid chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

hududiy uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish boshqarmalariga hamda “Yagona hisob-kitob va Taʼmirlash-tiklash” markazi davlat unitar korxonalariga uy-joy fondini taʼmirlash hamda boshqa yo'nalishlar bo'yicha ishlarini tashkil etishda uslubiy maslahat va amaliy yordam ko'rsatadi;

“Yagona hisob-kitob va Taʼmirlash-tiklash” markazi unitar korxonalari samaradorligini baholash bo'yicha hududlar kesimida tahliliy materiallarni tayyorlashni tashkillashtiradi;

Boshqarma “Yagona hisob-kitob va Taʼmirlash-tiklash” markazi davlat unitar korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish bo'limi hamda uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish hududiy boshqarmalari bilan birgalikda ko'p kvartirali uylarni boshqarish organlariga xizmat ko'rsatish uchun shartnoma tuzish ishlarini monitoring qiladi;

ko'p kvartirali uylarni boshqarish organlari va “Yagona hisob-kitob va Taʼmirlash-tiklash” markazi davlat unitar korxonalarining har oylik moliyaviy-iqtisodiy holatini monitoring qilib borish uchun zarur shakllar va jadvallar ishlab chiqish tashkillashtiradi. Bunda istemolchilarning shartnoma majburiyatlarini qamrab olgan holda, eng kam majburiy badallar miqdorini tasdiqlash, xarajatlar va daromadlar smetasini tuzish, maoshlarni berish va boshqa mablag'lar tushumlarini ko'p kvartirali uylarni boshqarish organlari hisobiga jamlashga alohida eʼtibor beradi;

“Yagona hisob-kitob va Taʼmirlash-tiklash” markazi davlat unitar korxonalari va uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish hududiy boshqarmalari rahbarlariga ish faoliyatini rivojlantirishda maslahat berish va amaliy yordam ko'rsatishni tashkillashtiradi;

xorijiy mamlakatlarning eng yaxshi amaliyotlarini hisobga olgan holda ko'p kvartirali uy-joy fondini taʼmirlash va texnik xizmat ko'rsatish tizimini takominlashtirish bo'yicha tayyorlangan takliflar o'rganib chiqadi va ko'rsatmalar beradi;

davlat dasturlari va manzilli ro'yxatlarini amalga oshirish doirasida ko'p kvartirali uy-joy fondini taʼmirlashni tashkil etish sohasida umumlashtirilgan hisobot-axborot hujjatlarini rahbariyatga taqdim etadi;

boshqarma, “Yagona hisob-kitob va Taʼmirlash-tiklash” markazi davlat unitar korxonasini yuqori malakali mutaxassislar bilan butlash, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog'liq ishlarni, shuningdek, ko'rgazmali mashg'ulotlar va seminarlar o'tkazishni tashkillashtiradi;

“Yagona hisob-kitob va Taʼmirlash-tiklash” markazi davlat unitar korxonalarini avtomobil, maxsus texnika va asbob-uskunalardan samarali foydalanish, xavfsizlik choralarini taʼminlashni hisobga olgan holda yangisini sotib olish, bo'yicha berilgan takliflarni o'rganib chiqqan holda va korxonalarini rivojlantirish uchun mablag'lar ajratilishi haqidagi takliflarni rahbariyatga kiritadi;

“Yagona hisob-kitob va Taʼmirlash-tiklash” markazi davlat unitar korxonalarining ish faoliyatida yuzaga keladigan tizimli muammolarni yechishni tartibga soluvchi meʼyoriy-xuquqiy hujjatlar, ularni yanada takomillashtirish hamda rivojlantirishni eʼtiborga olgan holda ishlab chiqalgan takliflarni o'rganib chiqqan holda rahbariyatga taqdim etadi;

“Yagona hisob-kitob va Taʼmirlash-tiklash” markazi davlat unitar korxonalarining moliyaviy-iqtisodiy holatini va ular bajarayotgan ishlar sifatini har chorakda o'rganib chiqish, kamchilik va muommolarni bartaraf etishni tashkil etadi;

Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi bilan hamkorlikda ko'p kvartirali uylarni, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, pasportlashtirish natijasida maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va uni muntazam yangilab borishni tashkillashtiradi;

Vazirliklardan, davlat va xo'jalik boshqaruv organlaridan, joylardagi ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlardan o'z vakolatiga kiradigan masalalar bo'yicha hujjatlar, statistika maʼlumotlar, tahliliy materiallar, xulosa va boshqa axborotlarni belgilangan tartibda so'rab oladi;

davlat va xo'jalik boshqaruvi organlariga, joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko'rib chiqish uchun o'z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritadi;

Vazirlikning barcha boshqarmalari, vazirlik tasarrufida faoliyat ko'rsatayotgan tashkilot va muassasalar hamda hududiy bo'linmalari bilan o'z faoliyati yo'nalishlari bo'yicha bevosita ish olib borish, tashkiliy masalalarini hal etishda amaliy va uslubiy yordam ko'rsatadi;

vazirlik hududiy bo'linmalari va tashkiliy tuzilmadagi tashkilot, korxonalar ish faoliyatida kommunal xizmat ko'rsatish sohasidagi islohotlarning to'liq amalga oshirilishini, tizimli va kompleks o'rganishni tashkil etish to'g'risida rahbariyatga taklif kiritadi;

Boshqarma faoliyatiga oid rahbariyatning buyruq, farmoyish va boshqa hujjatlari loyihalarini mutasaddi tarkibiy bo'linmalar bilan kelishgan holda ishlab chiqadi;

rahbariyatga taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlarni ko'rib chiqadi, takliflar kiritadi;

vazirliklar, idoralar tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko'rib chiqadi;

Boshqarma faoliyatiga doir jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini qonun hujjatlariga muvofiq ko'rib chiqadi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funkciyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

3-bob. Bosh boshqarmaning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi

8. Boshqarma quyidagi huquqlarga ega:

ko'p kvartirali uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspekciyasidan Boshqarma vakolatiga doir maʼlumotlar, xisobotlarni olish
va uning faoliyat samaradorligini tahlil qilish;

vazirlik hayʼatida, davlat va xo'jalik boshqaruv organlarida, joylardagi ijro hokimiyati organlarida faoliyatga tegishli masalalarni ko'rib chiqish bilan bog'liq majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etish;

Vazirlikning tarkibiy bo'linmalaridan Boshqarma vakolatlari doirasida zarur bo'lgan materiallar va maʼlumotlarni belgilangan tartibda so'rab olish;

rahbariyat tomonidan chaqiriladigan Boshqarma faoliyatiga tegishli yig'ilishlar, kengashlar va majlislarda ishtirok etish;

Vazirlik tashkiliy tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar va korxonalar rahbarlarini uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish sohasidagi qonunchilik talablarini va normativ hujjatlarni bajarmagani yoki tegishli ravishda bajarmagani uchun belgilangan tartibda javobgarlikka tortish to'g'risida rahbariyatga takliflar kiritish.

Bosh boshqarmaning javobgarligi:

rahbariyatga kiritilgan takliflar va masalalarni sifatli va o'z vaqtida ishlab chiqilishini tashkil etilishi uchun;

O'zbekiston Respublikasi qonunlarining, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari va boshqa hujjatlarining, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, hukumat qarorlari, farmoyishlarining, vazirlik buyruqlari va topshiriqlarini o'z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun Boshqarma boshlig'i shaxsan javobgar hisoblanadi.

4-bob. Boshqarma faoliyatini tashkil etish

10. Boshqarma faoliyatiga belgilangan tartibda Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Boshqarma boshlig'i rahbarlik qiladi.

11. Boshqarma faoliyati xodimlarning lavozim yo'riqnomasida belgilangan mehnat taqsimotiga asosan amalga oshiriladi.

12. Boshqarma xodimlarining lavozim yo'riqnomasi vazir tomonidan tasdiqlanadi.

13. Boshqarma xodimlari o'zlarining xizmat vazifalarini bajarish vaqtida, yuklangan vakolatlar doirasidan chetga chiqqanliklari, shuningdek, huquqqa xilof harakatlar yoki harakatsizligi, xizmat (lavozim) vazifalarini bajarmaganliklari yoxud lozim darajada bajarmaganliklari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy yoki boshqa javobgarlikka tortiladi.

5-bob. Yakunlovchi qoida

14. Bosh boshqarmani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.