UZ
RU
EN
Ўзбекистон Республикаси Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги
Ishonch telefoni
(+99871) 234-11-03
Elektron manzil
info@mjko.uz
Sayt xaritasi
Vazirga taklif
Ўзбекистон Республикаси Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги

Ichki mehnat tartibi

Uy-joy kommunal
xizmat ko'rsatish vazirining 
2022 yil “06” iyundagi
                 163-sonli buyrug'iga
                 1 - ilova
 

 

 

I Ch K I  M E h N A T  T A R T I B I q O I D A L A R I

I. UMUMIy qOIDALAR

1. Mazkur ichki mehnat tartibqoidalari (keyingi o'rinlarda qoidalar deb yuritiladi) O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga, mehnat to'g'risidagi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va mehnat shartnomasini tuzish, o'zgartirish va bekor qilishni, ish vaqti va dam olish vaqtidan foydalanishni, mehnat intizomini hamda O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vaziri bilan xodim o'rtasida yuzaga keladigan boshqa huquqiy munosabatlar masalalarini tartibga soladigan asosiy qatʼiy meʼyoriy hujjat hisoblanadi. 

2Mazkur qoidada quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi:

mehnatga oid munosabatlarni subʼektlari (xodim) - 16 yoshga to'lganhamda O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vaziri bilan mehnat shartnomasi tuzgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar mehnatga oid munosabatlarning subʼektlari bo'lishi mumkin;

O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vaziriish beruvchi; 

xodimning asosiy huquqlari - har bir xodim: o'z mehnati uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan oz bo'lmagan miqdorda haq olish, muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o'rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek haq to'lanadigan yillik taʼtillar berish orqali taʼminlanadigan dam olish, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ish bilan bog'liq holda sog'lig'iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash, xodimlar va mehnat jamoalarining manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish, qariganda, mehnat qobiliyatini yo'qotganda, boquvchisidan mahrum bo'lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy taʼminot olish, o'zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali himoya qilish va malakali yuridik yordam olish, jamoalarga doir mehnat nizolarida o'z manfaatlarini quvvatlash huquqiga egadir;

ish beruvchining asosiy huquqlari - O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vaziri: O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligini boshqarish va o'z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qabul qilish, qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish, mehnat shartnomasida shart qilib ko'rsatilgan ishni lozim darajada bajarishni xodimdan talab qilish, o'z manfaatlarini himoyalash uchun boshqa ish beruvchilar bilan birga jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga aʼzo bo'lish huquqiga egadir;

mehnat jamoasi - o'z mehnati bilan O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi faoliyatida mehnat shartnomasi asosida ishtirok etayotgan uning barcha xodimlari O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligining mehnat jamoasini tashkil etadilar;

ish vaqti - xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o'z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo'lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi.

dam olish vaqti - xodim mehnat vazifalarini bajarishdan holi bo'lgan va bundan u o'z ixtiyoriga ko'ra foydalanishi mumkin bo'lgan vaqtdir;

bayram kunlari  qonunchilik asosida belgilangan ishlanmaydigankunlar;

yillik mehnat taʼtillari - barcha xodimlarga, shu jumladan o'rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi (lavozimi) va o'rtacha ish haqi saqlangan holdaberiladigan yillik mehnat taʼtillari;

ijtimoiy taʼtillar - homiladorlik va tug'ish taʼtillari, bolalarni parvarishlash taʼtillari, o'qish bilan bog'liq taʼtillar va ijodiy taʼtillar ijtimoiy taʼtillardir;

mehnat huquqlarini himoya qilish - har bir shaxsning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlanadi, bu himoya mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini tekshiruvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek mehnat nizolarini ko'ruvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi;

homiladorlik va tug'ish taʼtillari - ayollarga tuqqunga qadar yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun (tug'ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug'ilgan hollarda - yetmish kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tug'ish taʼtillari berilib, davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha nafaqa to'lanadi;

davlat ijtimoiy sug'urta - barcha xodimlar davlat yo'li bilan ijtimoiy sug'urta qilinishlari lozim;

yoshga doir pensiya - sug'urta qilingan xodimlarga umumiy asoslarda: erkaklar - oltmish yoshga to'lgan bo'lib, umumiy mehnat staji yigirma besh yildan kam bo'lmagan taqdirda, ayollar - ellik besh yoshga to'lgan bo'lib, umumiy mehnat staji yigirma yildan kam bo'lmagan taqdirda tayinlanadi.

3. qoidalar O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligining kasaba uyushma qo'mitasi bilan kelishib tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi va O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligida qo'llaniladi.

4. qoidalarga rioya qilish O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vaziri va xodimlar uchun majburiy hisoblanadi, uni bajarmaslik qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo'lib xizmat qilishi mumkin.

5. O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vaziriquyidagi majburiyatlarni o'z zimmasiga oladi:

xodimlarning mehnatini tashkil etish;

qonun hujjatlari va boshqa meʼyoriy hujjatlarda, mehnat shartnomasida ko'zda tutilgan mehnat shart-sharoitlarini yaratish;

xodimga u bajargan ish uchun O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligida belgilangan mehnatga haq to'lash shartlariga muvofiq o'z vaqtida va to'liq hajmda haq to'lash;

mehnat va ishlab chiqarish intizomini, mehnatni muhofaza qilish shart-sharoitini taʼminlash;

qonunchilikka jamoa va mehnat shartnomasiga muvofiq xodimlar tomonidan dam olish huquqini amalga oshirishni, ularga kafolatli va badal to'lovlari to'lanishini taʼminlash;

mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan unga yetkazilgan zarar uchun xodimga haq to'lash;

xodimlarning vakolatli organlari huquqlariga rioya qilish, ularning faoliyatiga ko'maklashish, mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo'yicha muzokaralar olib borish;

korrupciyaga yo'l qo'yib, soha xodimlarini obro'-eʼtibori va shaʼniga putur yetkazgan shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida ko'rsatilgan tegishli choralar ko'rish bo'yicha huquqni muxofaza qilish organlariga xabar berish;(Ish beruvchi tomonidan esa bunday xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi o'rnatilgan tartibda bekor qilinishi belgilanadi).

mehnat kodeksiga muvofiq jamoa shartnomalarini tuzish.

6. Xodimning majburiyatlari:

o'zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish;

mehnat intizomiga rioya qilish, Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirining qonunga muvofiq keladigan farmoyishlari va ko'rsatmalarini o'z vaqtida hamda aniq bajarish;

mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalarga rioya qilish;

Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi mol-mulkiga avaylab munosabatda bo'lish;

mehnat jamoasining aʼzolari, ish jarayonida aloqa qiladigan boshqa shaxslar bilan xushfeʼl munosabatda bo'lish;

Vazirlik tizimida ro'y bergan korrupciya va mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish faktlariga yo'l qo'ymaslik;

mehnat faoliyati vaqtida kiyim bosh rusumiga eʼtibor qaratgan holda rasmiy kiyimda bo'lish;

Erkak xodimlar uchun dress-kod qoidalari:

Kostyum - bir tekisdagi to'q rangli (kulrang, jigarrang, ko'k, qora yoki boshqacha odmi rangli) matodan anʼanaviy uslubdagi kostyum shaklida bo'lishi lozim;

Kostyumda bilinar-bilinmas shaklda rasm (chiziq yoki katak) bo'lishi mumkin. Chiziq - asosiy rangdan bir tusga ochiqroq rangda, katak - mayda va yaqqol bilinmaydigan bo'lishi tavsiya etiladi;

Yoz faslida ochiq rang va matodagi kostyumdan foydalanish mumkin;

Ko'ylak - vazirlikda erkaklar uchun rangi kostyum rangiga mos keladigan, odmi ko'ylaklarga ruxsat beriladi. Gulli, rasmli, chiziklari o'ta ko'p va bachkana uslublar tavsiya etilmaydi;

yilning issiq davrida, shu jumladan, apreldan oktyabrga qadar kalta yengli klassik uslubdagi ko'ylaklar  kiyishga ruxsat beriladi (galstuksiz), rasmiy uchrashuv va rasmiy tadbirlar bundan mustasno;

Ob-havo sovuq paytlarda shartli ish uslubida kiyinishga ruxsat beriladi. Erkaklar ish uslubidan asosiy farqi - pidjakning bo'lmasligi va anʼanaviy jemper (kulrang, jigarrang, ko'k, qora yoki boshqacha odmi rangli) kiyish hisoblanadi;

Shim - klassik uslubdagi, bir tekisdagi, to'q kulrang, jigarrang, to'q ko'k yoki qora rangdagi yoki boshqa odmi rangli kostyum matosidan tikiladi. Matoda ko'zga yaqqol tashlanmaydigan rasmlar (chiziq yoki katak) bo'lishi mumkin.

Poyafzal odmi ranglardagi klassik tuflilar bo'lishi tavsiya etiladi. Ish vaqtida xodimlar shippak va krasovka kiyishi mumkin emas;

Bezak va aksessuarlardan erkak xodimlarga ish vaqtida nikoh uzugi, to'g'nog'ich va soat taqishga ruxsat beriladi;

Erkak xodimlarning sochlari tartibli, toza, kaltalangan, soqollar olingan bo'lishi lozim;

Erkak xodimlarga quyidagi kiyinish ish uslublari va tashqi ko'rinish mumkin emas;

yorqin ranglar yoki ko'p ranglarning qorishmasi va gulli ko'ylaklar, jinsi, futbolkalar, shortik hamda davlat xizmatchisi kiyinish ish uslubiga mos kelmaydigan boshqa kiyimlar;

shimga brelok taqish;

ishda kiyiladigan ko'ylakning cho'ntagi bezak uchun va unda qandaydir predmetlar (taroq, guvohnoma, telefon, pul va boshqalar) bo'lishi;

uzun soch va soqol olinmagan holda ishga kelish;

aksessuarlarning ko'pligi - ish vaqtida tilla yoki kumush zanjir, brasletlar, katta uzuklar, pirsingni taqish;

krasovka va shippaklar - erkin, sport uslubi, djinsi matodan tikilgan shim (ust ko'ylak) davlat xizmatchisining kiyinish ish uslubiga to'g'ri kelmaydi.

Ayol xodimlar uchun dress-kod qoidalari: 

Kostyum jaket, yubka va bluzka bilan kiyiladi. Unda ranglar uyg'unligi tavsiya etiladi. Kiyinish ish uslubida ranglar palitrasi ko'k, kulrang, jigarrang, qora, ko'k-yashil, zaytun, qaymoq rangning xira tuslarini o'z ichiga oladi;

Bluzkaning rangi va rasmi kostyumning rangi va rasmiga mos tushishi hamda ochiq rangda bo'lishi tavsiya etiladi. Bluzka matosi ichki  kiyimlarni berkitib turadigan darajada qalin bo'lishi lozim. Ko'ylak va bluzkalar yengsiz bo'lishi tavsiya etilmaydi;

Yubkaning uzunligi klassik uslubda bo'lishi lozim;

Shim klassik bichimda bo'lishi tavsiya etiladi, biroz klyoshga ruxsat beriladi;

Jemper - ochiq, yaqqol ko'zga tashlanmaydigan ranglar va uslubda tavsiya etiladi;

Ko'ylak va sarafanlar anʼanaviy, odmi uslubda va sokin ranglarda bo'lishi tavsiya etiladi;

Poyafzal klassik, yaltiroq bo'lmagan, shim yoki yubkaning rangiga mos bo'lishi tavsiya etiladi;

Krossovkalar kiyish mumkin emas. Poyafzal har doim toza bo'lishi shart;

Zargarlik buyumlari va barcha taqinchoklar uncha o'ta katta bo'lmagan o'lchamda va bejirim klassik dizaynda bo'lishi lozim. Taqinchoqlarning ko'rinishi salmoqli bo'lishi va ko'p miqdordagi yaltiroq elementlar/toshlarga ega bo'lmasligi zarur. qo'llarga bilakuzuklar taqilmaydi;

Ayol davlat xizmatchilariga quyidagi kiyinish ish uslublari tavsiya etilmaydi;

sariq, qizil, to'q sariq yoki o'ta yorqin rangli kostyum-shim va yubkalar kiyish;

o'ta yorqin ranglar yoki ko'p ranglarning qorishmasidagi kiyimlarni kiyish;

juda tor va djinsi matodan tikilgan va ochiq-sochiq ko'ylak va yubkalar, mini, qorni ochiq toplar, qorindan pastda turadigan shimlar, chuqur kesiqli yubkalar kiyish (yubkaning klassik uzunligi oyoqning tizza qismidan tepa bo'lmasligi kerak);

Ayol xodimlarga kiyinish ish uslubida muhimi o'ziga eʼtiborlilik, meʼyorni bilish, tozalik, xushbichimlik va maqsadga muvofiq hisoblanadi;

Xizmat safari davrida davlat xizmatchilarining dress-kod qoidalari va kiyinish ish uslubi;

Ish yuzasidan xizmat safariga borilganda xodimlarga safarning xususiyatidan kelib chiqqan holda erkin, qulay uslubda kiyinishga ruxsat beriladi;

Bunda tartiblilik, odmilik, mo'ʼtadillik uslubini tanlash lozim;

Shuningdek xizmat safari mobaynida uchrashuvlar va hamkorlar bilan bog'liq tadbirlarda ishtirok etuvchi va tashkil etuvchi xodimlar doimiy ish uslubiga mos tarzda va belgilangan meʼyorlarga amal qilishi tavsiya etiladi.

7. Mehnat shartnomasini (kontraktinituzisho'zgartirish va bekor qilish jarayoni qatʼiyan O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga hamdaO'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan tuzilgan “O'zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi markaziy apparati, hududiy bo'linmalar, tizimdagi tashkilotlardagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o'tkazishda tanlov asosida saralab olish to'g'risida TARTIB” asosida amalga oshiriladi.

 

MEhNAT INTIZOMINI TAʼMINLASh

VA JAVOBGARLIK

8. Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligida mehnat intizomi mehnat to'g'risidagi qonunchilik hujjatlariga, jamoa shartnomasi shartlariga, ushbu qoidalarga va mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi talablari, shuningdek, har bir xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlarini ko'zda tutadigan O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligining boshqa lokal hujjatlariga rioya qilishni o'z ichiga oladi. 

9. Mehnat majburiyatlarini tegishli ravishda bajarish, mehnatda yuqori natijalarga erishish, O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligida uzoq muddat namunali ishlash va ishdagi boshqa yutuqlari uchun O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vaziri xodimlariga nisbatan quyidagi rag'batlantirishlar qo'llanishi mumkin:

minnatdorchilik;

pul mukofoti bilan taqdirlash;

qimmatbaho sovg'a bilan mukofotlash;

“Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish aʼlochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlash.

Jamiyat va davlat oldidagi alohida xizmatlari uchun xodimlar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin. 

10. Taqdirlashlar odatda mazkur xodim ishlayotgan tarkibiy bo'linma rahbarining yoki mehnat jamoasining iltimosnomasiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vaziri tomonidan chiqariladigan buyruqqa binoan eʼlon qilinadi.

 

11. Mehnat intizomini buzganlik uchun O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vaziri xodimga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi asosida intizomiy choralar qo'llashga haqlidir.

12. Mehnat intizomini buzganlik uchun xodimlarga nisbatan, intizomiy javobgarlikdan tashqari, lokal hujjatlar bilan taʼsir ko'rsatishning boshqa choralari ham qo'llanishi mumkin (rag'batlantirishdan, ish yakunlari bo'yicha yil uchun rag'batlantirishdan to'liq yoki qisman mahrum qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish va h.k.).

12.1 quyidagi xollarda xodimning o'z mehnat vazifalarini bir marta qo'pol ravishda buzgan deb xisoblanadi: 

ijro intizomini buzish (Ijro-gov.uz” yagona nazorat tizimi orqaliO'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va (shu jumladan Prezident Administraciya rahbarining)topshiriqlarida, O'zbekiston Respublikasi hukumat qarorlari va farmoyishlarida, Bosh vazir va uning o'rinbosarlarining topshiriqlarida, yuqori turuvchi organ va O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirining buyruqlarida qo'yilgan vazifalarni amalga oshirishni belgilangan muddatda, shuningdek to'liq hajmda taʼminlamaganlik yoki ushbu topshiriqlarni sohta ko'rsatkich va yolg'on maʼlumotlar kiritish yo'li bilan taʼminlanganlik holati);

ishga uzrsiz sabablar bilan chiqmaslik (ishda uzrsiz sabablar bilan ish kuni mobaynida uzluksiz yoki vaqti-vaqti bilan jami 8 soatdan ko'proq bo'lmaganlik);

ishga alkogolli ichimliklar, giyohvandlik yoki zaharvandlik vositalarini isteʼmol qilib kelish, buni guvohlarning ko'rsatmalari yoki tibbiy xulosa tasdiqlagan bo'lsa;

ish joyida O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligining mol-mulkini o'g'irlashni sodir etish, buni guvohlar tasdiqlagan bo'lsa;

O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi xodimlarining, shu jumladan, tartibbuzarning ham hayoti yoki sog'lig'iga xavf tug'diradigan tarzda xavfsizlik texnikasini, ishlab chiqarish texnologiyasini qo'pol ravishda buzish;

xodim tomonidan mehnat majburiyatlari buzilib, O'zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 20 baravar hajmida moddiy zarar yetkazilishi;

bevosita pul yoki tovar boyliklariga xizmat ko'rsatadigan xodim tomonidan aybli xatti-harakatlar sodir etilishi, agar bu hatti-harakatlar O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vaziri tomonidan unga nisbatan ishonchning yo'qolishi uchun asos bo'lsa.

O'z mehnat vazifalarini bir marta qo'pol ravishda buzgan xodim bilan ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin.

ISh VAqTI VA DAM OLISh VAqTI

13. Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligida har kungi ish vaqti
8 soatni tashkil etadigan besh kunlik ish haftasi belgilangan. 

14O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligining quyidagi xodimlari uchun ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi:

uch yoshga to'lmagan bolalari bor ayollarga ish vaqtining haftasi 35 soat;

I va II guruh nogironlariga - haftada 36 soat.

15har kungi ishning davomiylik vaqti bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida bir soatga qisqartiriladi.

16. O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vaziri quyidagi hollarda to'liqsiz ish vaqtini belgilashi mumkin:

homilador ayollar; 14 yoshgacha bolasi (16 yoshgacha nogiron bolasi) bo'lgan ayollar, shu jumladan, uning homiyligida yoki tibbiy xulosaga muvofiq oilaning kasal aʼzosini boqayotgan shaxsning iltimosiga ko'ra, qonun hujjatlarida ko'rsatilgan holllarda.

17har kungi ishning boshlanish va tugash hamda dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus vaqti quyidagicha belgilanadi:

Ishning boshlanishi soat 9.00 dan

Dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus soat 13.00 dan 14.00 gacha

Ishning tugashi soat 18:00 da

Dam olish kunlari –shanba va yakshanba 

18har kungi ish vaqti (navbat)dan ortiqcha belgilangan ish xodim uchun ish kunidan tashqari mehnat vaqti hisoblanadi.

Ish kunidan tashqari mehnat qilishga faqat xodimning roziligi bilan yo'l qo'yiladi hamda belgilangan tartib qo'shimcha to'lovlar amalga oshiriladi.

19Barcha xodimlarga, shu jumladan, o'rindoshlarga ham ish joyi hamda o'rtacha ish haqini saqlab qolgan holda har yilgi mehnat taʼtillari beriladi. 

20. Xodimning arizasiga ko'ra unga ish haqi saqlanmagan holda taʼtil berilishi mumkin, uning qancha davom etishi tomonlarning kelishuvi bilan belgilanadi. 

21. har yilgi asosiy taʼtil quyidagicha beriladi:

ishlangan birinchi yil uchun - olti oy ishlagandan keyin;

ikkinchi va keyingi yillardagi ish uchun - taʼtillar jadvaliga muvofiq ish yilining istalgan vaqtida.

22. Taʼtil har yili u beriladigan ish yili tugashiga qadar berilishi kerak. Taʼtil xodimning yozma arizasiga ko'ra qismlarga bo'linishi mumkin. Taʼtil qismlaridan biri kamida 12 ish kunini tashkil etishi kerak. 

Faqat xodimning roziligi bilan taʼtildan chaqirib olish mumkin. Taʼtilning foydalanilmagan qismi joriy yilda beriladi yoki keyingi yilga ko'chiriladi. 

Xodim taʼtilni berish vaqti to'g'risida uning boshlanishidan ko'pi bilan 15 kun oldin ish beruvchini xabardor qilishi kerak.

23Xodimning arizasiga ko'ra taʼtil boshqa muddatga ko'chirilishi mumkin, agar u bu haqda o'z vaqtida xabardor qilingan yoki unga taʼtil boshlanishiga qadar taʼtil vaqti uchun haq to'lanmagan bo'lsa.

24. Xodim bilan Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vaziri o'rtasidagi kelishuvga ko'ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda (shu jumladan, uning muddati tugashi munosabati bilan ham) xodimning xohishiga ko'ra mehnat munosabatlarini keyin tugatgan holda har yilgi asosiy va qo'shimcha taʼtillar berilishi ko'zda tutilishi mumkin.

25Mazkur holda taʼtilning tugash kuni mehnat shartnomasini bekor qilish sanasi deb hisoblanadi.

26Keyin ishdan bo'shatish sharti bilan taʼtilga chiqqan vaqtda xodim, qonunchilikda belgilangan yoki tomonlarning kelishuviga ko'ra belgilangan mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risida ogohlantirish muddati tugagan bo'lsa, mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risidagi arizani qaytarib olishga haqli bo'lmaydi.

 

MEhNAT ShARTNOMASI TOMONLAR 

O'RTASIDAGI IXTILOFLARNI hAL ETISh

27har bir xodim qonun hujjatlarida, mazkur qoidalarda, Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligining boshqa lokal hujjatlarida va mehnat shartnomasida ko'zda tutilgan mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan, sudda himoya qilish, shuningdek, malakali yuridik yordam olish huquqiga egadir.

28O'zining huquqlarini buzilgan deb hisoblovchi xodim mustaqil ravishda yoki kasaba uyushmasi orqali Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vaziriga og'zaki yoki yozma shaklda murojaat qilishga haqlidir.

29Yozma javob xodimga uning murojaati mohiyatiga ko'ra, bevosita ko'rib chiqilgandan keyin belgilangan muddatlarda yuboriladi.

30Xodim bilan Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vaziri o'rtasida ko'rsatilgan holdagi ixtilof paytida yoki Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirining javobidan qoniqmaganda o'zining tanloviga ko'ra mehnat nizosini hal etish uchun mehnat nizolari bo'yicha komissiyaga (bundan keyin - MNK) yoki bevosita sudga, shuningdek, vakolatiga Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi xodimlarini himoya qilish kiradigan boshqa organlarga murojaat qilishga haqlidir.

31. Xodim tomonidan berilgan ariza MNKda ro'yxatga olinadi va ariza bergan xodim ishtirokida u berilgan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmay ko'rib chiqiladi. Xodimning arizani ko'rib chiqishda ishtirok etmasligiga faqat uning yozma arizasiga ko'ra yo'l qo'yiladi. Komissiyaning majlisiga xodim uzrli sabablarsiz kelmagan taqdirda mazkur arizani ko'rib chiqmaslik to'g'risida qaror qabul qilinishi mumkin, bu esa xodimni qaytadan ariza topshirish huquqidan mahrum qilmaydi.

32. MNK qarori ustidan, manfaatdor xodim yoki Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirining ishonchli-vakolatli vakili MNKning ko'chirma nusxasini olgandan keyin 10 kun ichida sudga murojaat qilishi mumkin.

 

VAZIRLIK TIZIMIDA RO'y BERGAN KORRUPCIYa VA

MANSAB VAKOLATLARINI SUIISTEʼMOL qILISh FAKTLARI UChUN JAVOBGARLIK

33. hozirgi kunda islohotlar taqdirini eng avvalo davlat va hukumat idoralarida masʼul lavozimda o'tirgan xodimlar hal qilishini, binobarin ular ushbu masalaga javobgar ekanini barchamiz chuqur anglab olishimiz shart. Vazirlik va tizim tashkilotlarida korrupciyaga yo'l qo'yib, soha xodimlarini obro'-eʼtibori va shaʼniga putur yetkazgan shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida ko'rsatilgan jazo choralari ko'rilishi muqarrardir. Ish beruvchi tomonidan esa bunday xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi o'rnatilgan tartibda bekor qilinadi.

Tizimdagi barcha xodimlar “Davlat boshqaruv organida xizmatda ekanmiz, bizga bildirilgan ishonchni oqlab, halol, sidqidildan, xolisona, g'araz niyatlarsiz faoliyat yuritishimiz va bu borada o'z bilim va malakamizni ayamasligimiz lozim” shiori ostida mehnat faoliyatini tashkillashtirishi lozim.

 

 
Uy-joy kommunal
xizmat ko'rsatish vazirining 
2022 yil “06” iyundagi
                 163-sonli buyrug'iga
                 2 - ilova
 

Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligining “Oriyat kodeksi”

 

Mazkur “Oriyat kodeksi” (keyingi matnlarda kodeks deb yuritiladi) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining 
odob-axloq namunaviy qoidalarini ta
sdiqlash to'g'risida” 2016 yil
2 martdagi 62-son qarorida belgilangan vazifalarni amalda joriy etish, shuningdek, Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi (keyingi matnlarda vazirlik deb yuritiladi) hamda vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan har bir xodimning professional va fuqarolik burchini qanchalik halol va sidqidildan ijro etishi hukumatimizning obro'si va yurtdoshlarimizning adolatga ishonchi qay darajada bo'lishini belgilaydi. 

Mazkur kodeks asosida vazirlik tizimi xodimlari xulq-atvorining asosiy talablari va kasb odobnomasi asoslarini belgilaydi.

 

1-bob. Asosiy tushunchalar 

Mazkur kodeksda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi:

halollik – har bir insonning o'z kuchi bilan mehnat qilishi, shuning evaziga topgan mol-mulki, obro'si, jamiyatda tutgan o'rni, xulqining to'g'riligi, so'zidagi qatʼiylik va sadoqatning majmuasidir.

xodimlarning axloqiy-kasbiy buzilishi - xodimlarning qonun hujjatlari va buyruqlarda belgilab qo'yilgan normalar, vazifalarni bajarishda o'zlarining shaxsiy manfaatlarini jamiyat, davlat, xalq manfaatlaridan ustun qilib suisteʼmol qilishlari, pora olish, kalondimog'lik, taʼmagirlik, qo'pollik qilish kabi qonunga xilof 
xatti-harakatlaridan iboratdir;

korrupciya - shaxsning o'z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o'zga shaxslarning manfaatlarini ko'zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;

taʼmagirlik - mansabdor shaxs tomonidan fuqaroning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazadigan xizmatiga doir harakatlarni sodir etish tahdidi ostida pora talab qilish yoki fuqaroni uning qonuniy manfaatlariga zarar keltiradigan oqibatlarning oldini olish uchun pora berishga majbur etadigan sharoitga qasddan tushirish demakdir;

pul, qimmatbaho qog'ozlar, moddiy boyliklar, shuningdek, pora oladiganga qaytarmaslik sharti bilan, lekin mulkiy mohiyatga molik bo'lgan (masalan, taʼmirlash, qurilish, qayta tiklash ishlarini bajarish va boshqalar) xizmatlar pora predmeti bo'lishi mumkin;

xodimlarning kasbiy burchi - xodimlarning xizmat vazifalarini majburiy ravishda bajarishi. 

xodimlarning nutq madaniyati – ularning o'z fikrlarini 
bir-birlariga, fuqarolarga og'zaki shaklda to'g'ri, aniq va taʼsirchan qilib yetkaza olishlari; 

xulq-atvor – kishining muomalasi va ruhiyatidagi, feʼli va 
xatti-harakati va odatlaridagi xususiyatlari majmuasi;

estetika - go'zallik olami, sanʼat, va badiiy ijod qonuniyatlarini o'rganuvchi va o'rgatuvchi fan; 

xushmuomalalik – ko'ngildagi ardoqli fikrlarni, eng noyob 
his-tuyg'ularni, eng ezgu niyatlarni odamlar bilan baham ko'rish, osoyishtalik, vazminlik, xotirjamlik bilan ish tutish;

odoblilik – yaxshi tarbiya ko'rganlikning nomoyon bo'lishi, 
xatti-harakatlarda, so'zlashuvda o'zini to'g'ri tuta olishlik;

rostgo'ylik – halollikni bir ko'rinishi bo'lib, haqiqatni gapirish, o'zining ham, o'zgalarning ham qadr-qimmatini to'g'ri baholash, yaxshini yaxshi, yomonni yomon deb ochiqchasiga aytish;

kamtarlik – kishining o'zi tabiiy holida, qanday bo'lsa shundayligicha, hamma bilan teng munosabatda bo'lish.

 

2- bob. Vazirlik tizimidagi xodimlar faoliyatining

maʼnaviy-axloqiy asoslari

Vazirlik tizimidagi xodimlar faoliyatining axloqiy asoslarini halollik, xolislik, principiallik kabi axloqiy hislatlar tashkil etadi. 

Vazirlik tizimidagi xodimlar uchun zarur bo'lgan axloqiy sifatlardan eng birinchisi halollik bo'lib, u vijdon va insof bilan ish tutish, to'g'rilik va odillikni bildiradi.

halollikni taʼminlovchi omillardan biri qonun hujjatlariga og'ishmay rioya etishdir.

Mehnat faoliyati bilan bog'liq ishlarni olib borayotganda xodimning yolg'on gapirishi, adolat bilan ish tutmasligi uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish faoliyatida xodimga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqaradi. 

 

3- bob. Vazirlik tizimidagi xodimlar xulq-atvorining mehnat faoliyatidagi asosiy principlari va qoidalari

Vazirlik tizimidagi barcha xodimlar uchun quyidagilar taqiqlanadi:

agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, o'z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan biror-bir moddiy boyliklarni olish yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslardan boshqacha naf ko'rish;

har qanday holatlarda ham o'z xizmat mavqeidan mumkin bo'lmagan shaxsiy foydani olish;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan cheklashlar va taqiqlarni amalga oshirish.

Vazirlik tizimidagi barcha xodimlar o'z mehnat faoliyati davomida quyidagilarga majbur:

korrupciya holatlariga qarshi kurashish va ularning profilaktikasiga faol ko'maklashish;

xizmat vazifalarini bajarishda davlat principlari va talablariga qatʼi rioya etish;

o'z xizmat vazifalarini vijdonan, yuksak kasbiy darajada bajarish;

yuqori davlat organlari va mansabdor shaxslarning o'z vakolatlari doirasida qabul qilgan (bergan) qarorlarini (topshiriqlarini) belgilangan muddatda sifatli bajarish;

o'z faoliyatini qonun hujjatlari va ichki hujjatlarda belgilangan lavozim vakolatlari doirasida amalga oshirish;

o'z xizmat vazifalarini bajarishda biror-bir shaxslar, guruhlar yoki tashkilotlarga yon bosmaslik va ustunlik bermaslik, ular taʼsiridan mustaqil bo'lish, fuqarolarning huquqlari, majburiyatlari va qonuniy manfaatlarini hisobga olish, kamsitish holatlariga yo'l qo'ymaslik;

o'z xizmat vazifalarini bajarishga to'sqinlik qiluvchi biror-bir shaxsiy, mulkiy va boshqa manfaatlar taʼsiri bilan bog'liq bo'lgan xatti-harakatlarga barham berish; 

normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlarda belgilangan cheklashlar va taqiqlarga rioya qilish, o'z xizmat vazifalarini og'ishmay bajarish;

o'z xizmat faoliyatiga biror-bir taʼsir ko'rsatish imkoniyatiga barham berish;

O'zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar xalqlarining 
urf-odatlari va anʼanalarini hurmat qilish, turli etnik, ijtimoiy guruhlar va konfessiyalarning madaniy hamda boshqa xususiyatlarini hisobga olish, ijtimoiy barqarorlikka, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikka ko'maklashish; 

o'zlarining xizmat vazifalarini vijdonan bajarishda shubha paydo qilishi mumkin bo'lgan xulq-atvordan o'zini tiyish, shuningdek, o'z obro'siga yoki davlat organining nufuziga zarar yetkazishga qodir bo'lgan vaziyatlarga yo'l qo'ymaslik; 

xizmat mavqeidan davlat organlari, boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar faoliyatiga noqonuniy taʼsir ko'rsatish uchun foydalanmaslik;

davlat organida xabarlarni va xizmat axborotlarini taqdim qilishning belgilangan qoidalariga rioya etish.

 

4- bob. Jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilishda muomala madaniyati

Vazirlik tizimidagi xodimlarning jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillari bilan bo'ladigan muomala madaniyatining quyidagi uchta shakli tavsiya etiladi:

xulq-atvor madaniyati;

tashqi ko'rinish madaniyati;

nutq madaniyati.

Bunda xodimlarning xulq-atvor madaniyati xushmuomalalik, madaniyatlilik, odob va shubhasiz, fuqarolar bilan bo'ladigan munosabatlarda faqat yaxshi xulqlarini namoyon qilishini taqoza etadi. 

Vazirlik tizimidagi xodimning jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan muomala qilish chog'ida:

dimog'dorlik, manmanlik, qo'pollik qilishi;

kinoyali, dag'al tarzda tanbeh berishi;

gapirganda inson qadr-qimmatini tahqirlovchi piching va qochiriq so'zlarni ishlatishi;

taxdid soluvchi hamda ularning qadr-qimmatini va shaxsini tahqirlovchi boshqa xatti-harakatlarga yo'l qo'yishi taqiqlanadi.

Vazirlik tizimidagi xodimlar o'z qabuliga kelgan jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilishda quyidagilarni amalga oshiradi: 

o'rnidan turib, unga peshvoz chiqib kutib olishi;

salomlashishi, o'tirish uchun taklif qilishi va hol-ahvol so'rashi; 

suhbat chog'ida ularning barcha gaplarini diqqat bilan eshitishi;

gapini tugatgandan so'ng, unga noaniq yoki tushunilmay qolgan narsalar to'g'risida savol berishi; 

maʼlumot uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish sohasi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan bo'lsa, unga albatta tashakkur aytishi;

suhbatni samimiy, erkin tarzda olib borishi; 

suhbat tugagandan so'ng sihat-salomatlik tilab, xayrlashishi va albatta kuzatib qo'yishi.

Jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan suhbat chog'ida ularga berilayotgan javob aniq va ishonarli bo'lishi uchun javobni tegishli qonunlardan va boshqa normativ hujjatlardan parchalar o'qib berish orqali asoslashi maqsadga muvofiqdir.

 

5- bob. Vazirlik tizimidagi xodimlarning nutq madaniyati

Nutqning quyidagi yozma va og'zaki turlari mavjud:

yozma nutq ilmiy, rasmiy, publistik va qisman badiiy uslublarida;

og'zaki nutq esa adabiy va so'zlashuv uslublarida.

O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi tizimidagi xodimlarning nutqi, og'zaki yoki yozma bo'lishidan qatʼi nazar, quyidagi qoidalarga mos kelishi kerak:

nutq mazmunli bo'lishi, fikr yuritilayotgan mavzuni har tomonlama chuqur bilishidan darak berib turishi;

aniq, ravshan, qisqa va tushunarli ifodalanishi;  

mantiqiy, sof, keraksiz so'z va iboralardan holi bo'lishi;

ifodali, taʼsirchan, yorqin, tinglovchida qiziqish uyg'otadigan bo'lishi;

aniq, sodda, go'zal bo'lgani holda nutq mavzusiga mos tushishi.

 

6-bob. Vazirlik tizimidagi xodimlarning telefon 

orqali so'zlashuv odobi

Xizmat telefonlaridan foydalanganda, so'zlashuv odobining quyidagi qoidalariga rioya qilish tavsiya etiladi:

qo'ng'iroq eshitilishi bilan go'shakni ko'tarib, ishlayotgan joyi nomi, ism va familiyasini (ism, otangizning ismi)ni aytishi (Masalan: Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi Xalilov Safarali Akbarlievich eshitadi” deb javob berish) hamda “labbay” deb davom ettirish;

agar o'zi qo'ng'iroq qilgan bo'lsa, avval salom berishi, so'ngra o'zini tanishtirishi (Masalan, “Assalomu alaykum! Sizni Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligidan Xalilov Safarali Akbaralievich bezovta qilyapti” deyishi). 

har ikki holda ham shoshmasdan dono-dono qilib gapirish, suhbatni qisqa, aniq va tushunarli tarzda olib borish kerak.

Shu bilan birga, o'zi qo'ng'iroq qilganida har doim fuqarodan “bemavrid (bevaqt) qo'ng'iroq qilmadimmi” deb so'rab, agar shunday bo'lsa u holda qachon qayta qo'ng'iroq qilishi mumkinligini so'raladi.

Telefonda qariyalar (keksa yoshdagi), bolalar, ayollar bilan suhbatlashganda nihoyatda ehtiyotkorlik va kamtarlik bilan muloqotda bo'lish, baland ovoz bilan gaplashmaslik kerak.

Salomlashish odoblilikning oliy belgilaridan biri hisoblanadi.

Umumiy qoidalarga ko'ra, erkaklar ayollarga, sog'lom kishilar bemorlarga, farzandlar ota-onalarga, ukalar akalarga, singillar opalariga, shogirdlar ustozlariga birinchi bo'lib salom beradilar.

quyidagilar tavsiya etiladi:

keyinchalik korrupciyaviy holatlarni keltirib chiqarmaslik hamda ulardan qochish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar bilan salomlashganda qo'lni ko'ksiga qo'yib salomlashish; 

ayol kishilar bilan so'rashganda qo'lni ko'ksiga qo'yib salomlashish.

 

7- bob. Vazirlik tizimidagi xodimlar o'rtasidagi 

munosabat qoidalari

Vazirlik tizimidagi katta va kichik xodimlar o'zaro munosabatda quyidagi qoidalarga rioya etishlari kerak:

o'zaro muloqatda kamtar, muloyim, bosiq, samimiy bo'lish hamda o'z munosabatlarini o'zaro hurmat, ishonch va hamkorlik asosida tashkil etish;

o'z ish joylarida tinch va ishchanlik muhitini yaratish, telefonda aniq, ravshan va qisqa so'zlashish, davlat va xizmat sirini oshkor qilmaslik;

“Siz” so'zi bilan boshlab murojaat qilish;

xodim ismini buzib aytmaslik (ismga bo'lgan huquqini buzmaslik), uyatli va haqoratli (kurakda turib bo'lmaydigan) so'zlarni, laqab va nomlarni ishlatmaslik, qo'pollik va beodoblik qilmaslik; 

qonun hujjatlarining talablari doirasida berilgan topshiriqlarni olganda, uni bajarishga kirishish;

boshliqlarning xonalariga kirganda odob yuzasidan ruxsat so'rash, salomlashish, tashrif sababini tushuntirish, o'tirishga ijozat so'rash va boshqalar.

O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi tizimidagi xodimlarning mehnat jamoalaridagi odob-axloq qoidalari quyidagi axloqiy-estetik va ruhiy muhitni yaxshilashga xizmat qiluvchi bir qator jihatlardan iborat:

har bir xodim ishga o'z vaqtida, kechikmasdan kelishi va ish joyidagilar bilan ochiq chehra bilan salomlashishi zarur. hatto kayfiyati buzilgan bo'lsa ham, buni mehnat jamoasiga sezdirmasligi, jig'ibiyron bo'lib o'zgalarni ham bezovta qilmasligi;

maslahat so'ragan hamkasbiga iloji boricha to'g'ri maslahat berish, bilganini sidqidildan o'rgatish, tushunmagan joylarini tushuntirib berishligi;

mehnat jamoasining ishdagi yoki feʼl-atvordagi kamchiligi uchun uning ustidan aslo kulmasligi, masxaralamasligi;

har bir xodimning har xil bekorchi ishlar bilan o'zining ham, qolaversa, boshqalarning ham vaqtini zoe ketkazmasligi;

betob bo'lib qolgan hamkasbining hol-ahvolidan xabar olish, ko'ngil so'rash, kerak bo'lsa yordam berishligi;

o'zidan yoshi, lavozimi kattalarning tanqid va tanbehlarini to'g'ri qabul qilib, xato-kamchiliklarini yo'qotish choralarini ko'rishligi.

 

8- bob. Vazirlik tizimida ro'y bergan korrupciya va mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish faktlari

Vazirlik va tizim tashkilotlarida korrupciyaga yo'l qo'yib, soha xodimlarini obro'-eʼtibori va shaʼniga putur yetkazgan shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida ko'rsatilgan jazo choralari ko'rilishi muqarrardir. 

Ish beruvchi tomonidan esa bunday xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi o'rnatilgan tartibda bekor qilinadi.

 
Uy-joy kommunal
xizmat ko'rsatish vazirining 
2022 yil “06” iyundagi
                 163-sonli buyrug'iga
                 3 - ilova
 

Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi mehnat nizolari bo'yicha komissiyaga (bundan keyin - MNK) tarkibi

 

Komissiya

raisi

U.Bayzakova

Kasaba uyushmasi raisi

Komissiya

aʼzolari

S.Xalilov

Inson resurslari bilan ishlash boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari

 

N.Tadjixanova

hotin-qizlar qo'mitasi raisi

 

D.Xabibulloev

Vazirlik

yoshlar yetakchisi

 

B.Mamatkarimov

Bo'lim boshlig'i (Faxriylar kengashi aʼzosi)

Komissiya kotibi

Z.Ergasheva

Etakchi mutaxassis

 

Izoh: Ushbu ro'yxatda keltirilgan xodimlar boshqa lavozimlarga o'tgan taqdirda, ularning o'rniga kelgan xodimlar komissiya tarkibiga qo'shilgan hisoblanadi.