UZ
RU
EN
Ўзбекистон Республикаси Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги
Ishonch telefoni
(+99871) 234-11-03
Elektron manzil
info@mjko.uz
Sayt xaritasi
Vazirga taklif
Ўзбекистон Республикаси Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги

Iqtisodiy va investision salohiyat

Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi tomonidan
2021 yilda bajarilishi lozim bo'lgan ustuvor vazifalar to'g'risida

M A ʼ L U M O T

2021 yil 01 iyun holatiga

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi
Pq-4936-sonli qaroriga asosan
2021 yilda Investiciya dasturi doirasida ajratilgan 100,0 mlrd.so'm mablag' xisobidan yildan-yilga o'tuvchi 5 ta obʼektda modernizaciya va rekonstrukciya ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ushbu mablag'lar hisobidan 47,1 km magistral issiqlik quvurlari va issiqlik tarmoqlari, 3 ta markaziy, 1 ta mahalliy qozonxonalar, 12 ta qozonlar, 36 ta zamonaviy nasos uskunalari, 3 ta gaz taqsimlash punktlarini qurish hamda rekonstrukciya qilish ishlarini amalga oshirish ko'zda tutilgan.

2021 yil 1 iyun holatiga 41,2 mlrd.so'm (yillik rejaga nisbatan-41%) mablag' o'zlashtirilib, 28,1 mlrd.so'm (yillik rejaga nisbatan-28%) mablag' moliyalashtirildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 10,1 km issiqlik tarmoqlari, 1 ta mahalliy qozonxona, 2 ta qozonlar, 6 ta zamonaviy nasos uskunalari, 1 ta gaz taqsimlash punktlari qurildi hamda rekonstrukciya qilindi.

 

Orol bo'yi dasturi mablag'lari bo'yicha:

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi
Pq-4936-son qaroriga asosan, 2021 yilda Orolbo'yi mintaqasini rivojlantirish dasturi doirasida byudjet tizimining byudjetlari hisobidan
qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida ijtimoiy va infratuzilma obʼektlari qurilishi va rekonstrukciyasi uchun 200,0 mlrd.so'm mablag' ajratilgan.

Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 21-sonli (01.03.2021 y.dagi) bayoni bilan byudjet tizimining byudjetlari hisobidan 2021 yilda Orolbo'yi mintaqasini rivojlantirish dasturi uchun ajratilgan mablag'lar obʼektlar kesimida tasdiqlangan.

Tasdiqlangan manzilli ro'yxatga asosan, Orolbo'yi dasturi doirasida
Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligiga qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida
46 ta issiqlik taʼminoti tizimlarini rekonstrukciya va modernizaciya qilish hamda ko'p qavatli uy-joy fondi obʼektlarida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun 64,5 mlrd.so'm mablag' ajratilishi belgilangan.

Jumladan:

qoraqalpog'iston Respublikasida 35 ta uy-joy fondini rivojlantirish obʼektlari uchun 30,1 mlrd.so'm ajratilishi ko'zda tutilgan.

Ushbu obʼektlar doirasida 120 ta ko'p qavatli uylarning tom qismini rekonstrukciya va taʼmirlash ishlari rejalashtirilgan.

Barcha obʼektlarda bosh pudrat tashkilotlari bilan pudrat sharnomalari imzolangan. Bugungi kunda 214,4 mln.so'm (yillik rejaga nisbatan-1%) mablag' o'zlashtirilib, 4062,9 mln.so'm (yillik rejaga nisbatan-14,8%) mablag' moliyalashtirilgan.

Xorazm viloyatida 11 ta issiqlik taʼminoti obʼektlarda modernizaciya va rekonstrukciya qilish ishlarini amalga oshirish uchun 34,4 mlrd.so'm ajratilishi ko'zda tutilgan bo'lib, ushbu obʼektlar doirasida 11,4 km issiqlik tarmoqlarini rekonstrukciya qilish ishlari rejalashtirilgan.

Bugungi kunda barcha obʼektlar bo'yicha ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga ekspertiza xulosalari olinib, bosh pudratchini aniqlash bo'yicha eʼlonlar elektron platformalarga joylashtirilgan.