UZ
RU
EN
Ўзбекистон Республикаси Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги
Ishonch telefoni
(+99871) 234-11-03
Elektron manzil
info@mjko.uz
Sayt xaritasi
Vazirga taklif
Ўзбекистон Республикаси Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги

Rasmiy saytga talablar

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAhKAMASINING
qARORI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AXBOROT-KOMMUNIKACIYa TEXNOLOGIYaLARINI RIVOJLANTIRISh hOLATINI BAhOLASh TIZIMINI JORIy ETISh ChORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikaciya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2013 yil 27 iyundagi Pq-1989-son qaroriga muvofiq, O'zbekiston Respublikasida axborot-kommunikaciya texnologiyalarini rivojlantirishning ishonchli ko'rsatkichlarini tizimli to'plash va shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikaciya texnologiyalarini joriy etish samaradorligini reytingli baholash tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikaciya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligini reytingli baholash tizimi 2014 yil 1 yanvardan boshlab joriy etilsin.
2. quyidagilar:
davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikaciya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligini reytingli baholash tizimi tuzilmasi1-ilovaga muvofiq;
davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikaciya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligini reytingli baholashni amalga oshirish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qo'yiladigan asosiy talablar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari:
har chorakda o'z faoliyatida axborot-kommunikaciya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holati to'g'risidagi axborotlarning elektron shaklda, belgilangan muddatlarda o'z vaqtida taqdim etilishini;
2014 yil 1 martgacha bo'lgan muddatda o'zlarining rasmiy veb-saytlarini davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qo'yiladigan asosiy talablarga muvofiqlashtirishni;
reytingli baholash natijalarini hisobga olgan holda, o'z faoliyatida axborot-kommunikaciya texnologiyalari joriy etilishi va rivojlantirilishi samaradorligini oshirishga doir aniq chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
4. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o'rta maxsus taʼlim vazirligi har yili 20 iyungacha Axborot texnologiyalari va kommunikaciyalarini rivojlantirish vazirligiga 4-ilovagamuvofiq ro'yxat bo'yicha indikatorlarni qo'llagan holda aniqlanadigan O'zbekiston Respublikasida axborot-kommunikaciya texnologiyalarini rivojlantirish holati ko'rsatkichlari taqdim etilishini taʼminlasinlar.
(4-band O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O'R qhT, 2015 y., 26-son, 338-modda)
5. O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikaciyalar davlat qo'mitasi bir oy muddatda 2013 — 2020 yillarda O'zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikaciya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo'yicha Respublika komissiyasiga axborot-kommunikaciya texnologiyalarini joriy etish samaradorligini baholash metodikasini hamda axborot-kommunikaciya texnologiyalarining joriy etilishi va rivojlanishi reytingli baholanishi kerak bo'lgan davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari ro'yxatini tasdiqlash uchun kiritsin;
ikki oy muddatda — axborot-kommunikaciya texnologiyalarini davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga joriy etilishi samaradorligini baholash uchun taqdim etiladigan axborotlarning sifati va ishonchliligini o'rganish tizimini joriy etish bo'yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
uch oy muddatda — NIS.UZ idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimini davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatida axborot-kommunikaciya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holati to'g'risidagi axborotlarni qabul qilish, ishlov berish va saqlash bo'yicha takomillashtirish chora-tadbirlarini ko'rsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 22 noyabrdagi 256-son qarori (O'zbekiston Respublikasi qT, 2005 y., 11-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi to'g'risidagi nizom 20-bandining beshinchi xatboshi, shuningdek nizomga ilova o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari — Axborot tizimlari va telekommunikaciyalar masalalari kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYoEV


Toshkent sh.,
2013 yil 31 dekabr,
355-son