UZ
RU
EN
Ўзбекистон Республикаси Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги
Ishonch telefoni
(+99871) 234-11-03
Elektron manzil
info@mjko.uz
Sayt xaritasi
Vazirga taklif
Ўзбекистон Республикаси Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги

Yangiliklar

Aholi xonadonlari sifatli toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmoqda

Namangan viloyatida joriy yil boshida aholini markazlashgan ichimlik suv ta’minoti bilan ta’minlanganlik darajasi 67,3 foizni tashkil etgan. O‘tgan 8 oy mobaynida Respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 88,6 mlrd so‘mlik amaliy ishlar bajarilishi natijasida 2,3 mln  nafar aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi va bu ko‘rsatkich 79,6 foizga yetdi. 


      Yil yakuniga qadar ushbu ko‘rsatkichni 86,2 foizga yetkazish hamda 2,5 mln nafar aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish rejalashtirilmoqda.


    Shuningdek, 2022-2023 yillarda Jahon banki mablag‘lari hisobidan qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi (QIRL) doirasida Namangan viloyatining 5 ta (Mingbuloq, Pop, Chortoq, Chust, Yangiqo‘rg‘on ) tumanlarining 26 ta MFYda 29 ta suv inshooti qurish rejalashtirilgan.