UZ
RU
EN
Ўзбекистон Республикаси Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги
Ishonch telefoni
(+99871) 234-11-03
Elektron manzil
info@mjko.uz
Sayt xaritasi
Vazirga taklif
Ўзбекистон Республикаси Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги

Yangiliklar

BSKlar aholining ishonchi uchun ishlashi kerak!

#Onlayn

BSKlar aholining ishonchi uchun ishlashi kerak!

 

      Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Botir Zokirov boshchiligidagi mutasaddi rahbarlar oʻrganish ishlarini poytaxtimizning Chilonzor tumani “Yashil makon standart” BSK da davom ettirmoqdalar. Xususan, boshqaruv tashkilotlarining binosi, aholiga xizmat koʻrsatish imkoniyatlari, dispetcherlik xizmatlari koʻzdan kechirilmoqda. 


      Botir Zokirov boshqaruv tashkilotlari ishchi xodimlariga munosib sharoit yaratish, bunda BSK binosini barpo etishda qulay arxitektura yechimlaridan foydalanish, ishchi xodimlarning dam olishi uchun qulay imkoniyatlarni yaratishga lozimligini ta’kidladi.


      Shuningdek, boshqaruv tashkilotlariga aholi bilan ishlashda haqqoniylikka rioya etishi lozim, deyildi:


      - Aholiga amalga oshira oladigan ishlaringizning aniq muddati boʻyicha ma’lumot bering, bajara olmaydigan ishlar haqida quruq va’da bermang. Faoliyatingiz tizimli boʻlishi shart, - dedi vazir. 
      Ma’lumot uchun, “Yashil makon standart” BSK Chilonzor tumanidagi 84 ta koʻp qavatli uyga xizmat koʻrsatib keladi.