UZ
RU
EN
Ўзбекистон Республикаси Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги
Ishonch telefoni
(+99871) 234-11-03
Elektron manzil
info@mjko.uz
Sayt xaritasi
Vazirga taklif
Ўзбекистон Республикаси Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги

Yangiliklar

E ’ L O N ! KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH ORGANLARI DIQQATIGA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va boshqaruvchi tashkilotlarni moliyaviy sog‘lomlashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 4-avgustdagi 346-son qaroriga asosan 2022-yil 1-noyabrdan boshlab ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari boshqaruv faoliyatini ular elektron reestrga kiritilgandan so‘ng amalga oshiradi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi 2022-yil 1-noyabrga qadar barcha ko‘p kvartirali uylarni boshqarish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan boshqaruv tashkilotlari, uy-joy mulkdorlari shirkatlari, bevosita boshqarish faoliyatini amalga oshirayotgan uy-kengashlarni elektron reyestrga kiritilishi uchun quyidagi hujjatlar bilan murojaat qilishingizni so‘raydi:

-ariza;

-uyni boshqarish haqida ko‘p kvartirali uy mulkdorlari umumiy yig‘ilish bayonnomasi.

Qo‘shimcha ravishda quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

-dispetcherlik xizmatining telefon raqamlari, elektron pochta manzili;

-boshqaruvdagi uylar, foydalanishga topshirilgan yili va asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (liftlar, kirish yo‘laklari, bolalar maydonchalari, chiqindi to‘plash punktlari, avtoturargohlar soni, yashil maydonlar hajmi, ichki yo‘llar uzunligi);

-ko‘p kvartirali uylarning texnik holati va konstruktiv elementlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (binolar, tayanch devorlar, tom qoplamasi, fasad, poydevor qismlarining qurilish materiallari turi, yerto‘la maydoni, shuningdek, mavjud bo‘lsa, o‘tkazilgan instrumental tekshiruvlar);

-ko‘p kvartirali uylarning muhandislik kommunikatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (gaz, elektr energiyasi, ichimlik, issiq va oqova suv, issiqlik energiyasi ta’minoti, ventilyatsiya va o‘t o‘chirish tizimining mavjudligi).

2022-yil 1-noyabrga qadar elektron reyestrga kiritilmagan boshqaruv organlar (boshqaruv tashkilotlar, uy-joy mulkdorlari shirkati, bevosita boshqarishni amalga oshirayotgan uy kengashilari) ko‘p kvartirali uyni boshqarish faoliyati noqonuniy hisoblanadi va qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortiladi.