UZ
RU
EN
Ўзбекистон Республикаси Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги
Ishonch telefoni
(+99871) 234-11-03
Elektron manzil
info@mjko.uz
Sayt xaritasi
Vazirga taklif
Ўзбекистон Республикаси Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги

Yangiliklar

Ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar diqqatiga!

⭕️⭕️⭕️ Ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar diqqatiga!

Hurmatli hamshaharlar! 

Toshkent shahrida havo-haroratining keskin pasayshi oqibatida issiqlik stansiyalariga uzatilayotgan tabiiy gaz bosimining pasayib ketishi sababli xonadonlarga yetkazib berilayotgan issiq suv taminotida ham, isitish tizimida ham oxirgi kunlarda harorat sezilarli darajada pasayib ketdi.

Buning natijasida o‘z xonadonlarini isitish maqsadida fuqarolar qo‘shimcha elektr moslamalardan foydalanishga majbur bo‘lmoqdalar.

Bu esa o‘z navbatida transformator stansiyalari va uzatish simlarida normadan ortiqcha yuklamani vujudga keltiryapti, buning oqibatida esa, oxirgi kunlarda transformatorlar va simlarda portlash, yonib ketish kabi avariyalar soni kunlik o‘n barobaridan oshib ketdi.

Shunga ko‘ra, elektr tizimiga yuklamani pasaytirish, hamda markazlashgan issiqlik tizimi (otopleniye)da haroratni ko‘tarish maqsadida, eng kamida, uch kun davomida ko‘p qavatli uylarning issiq suv ta’minotida haroratni vaqtincha pasaytirishga majburmiz. Bunda suvni isitishga sarflanayotgan tabiiy gaz issiqlik tizimi (otopleniye)ga yo‘naltiriladi.

Vaziyatni shahrimiz fuqarolari to‘g‘ri baholashlariga umid qilamiz va keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.