UZ
RU
EN
Ўзбекистон Республикаси Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги
Ishonch telefoni
(+99871) 234-11-03
Elektron manzil
info@mjko.uz
Sayt xaritasi
Vazirga taklif
Ўзбекистон Республикаси Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги

Yangiliklar

Uy-joy fondi inspeksiyasi Toshkent shahar Olmazor tumani Sag‘bon 30-berk ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning tom qismiga qo‘shimcha qavat qurilayotganligi aytilayotgan holat  yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi

#Rasmiy_munosabat

      Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy fondi inspeksiyasi Toshkent shahar Olmazor tumani Sag‘bon 30-berk ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning tom qismiga qo‘shimcha qavat qurilayotganligi aytilayotgan holat  yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi.
       Ushbu ko‘p kvartirali turar joy binosi "BAURUM GROUP" MCHJ tomonidan 2017-yil qurilgan va foydalanishga topshirilgan bo‘lib, 2017-yil 6-iyunda "Qorasaroy elite kommunal" UJMSH bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, uylarning tom va yerto‘la qismlari umumiy mulk sifatida topshirilmagan. 

      Qayta rejalashtirish ishlari Olmazor tumani Qurilish bo‘limining “Yakka tartibdagi uy-joyning loyiha-smeta hujjatlarini kelishilganligi haqida” 2021-yil 24-iyundagi 25137-son xulosasiga asosan amalga oshirilmoqda. Bu esa SHNQ 1.04.05-06 talablari buzilganligini koʻrsatadi.
     Mazkur holat yuzasidan xulosa beruvchi tashkilot  o‘rganish ishlarini amalga oshirishi maqsadga muvofiq.