UZ
RU
EN
Ўзбекистон Республикаси Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги
Ishonch telefoni
(+99871) 234-11-03
Elektron manzil
info@mjko.uz
Sayt xaritasi
Vazirga taklif
Ўзбекистон Республикаси Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги

Yangiliklar

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining “Ko‘p kvartirali uylardagi joy mulkdorlarining majburiy badallari yoki to‘lovlari miqdorini belgilashda xarajatlarning tarkibini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i qabul qilindi

      “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4- avgustdagi PQ-346-son qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 4-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining “Ko‘p kvartirali uylardagi joy mulkdorlarining majburiy badallari yoki to‘lovlari miqdorini belgilashda xarajatlarning tarkibini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i qabul qilindi.

      Ushbu buyruq bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va “O‘zkommunxizmat” agentligining “Umumiy mol-mulkni, yer uchastkasini va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining mol-mulkini saqlash bo‘yicha joy mulkdorlarining majburiy badallarini shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash hamda uy-joy fondiga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha pudrat tashkilotlarining xizmatlari uchun rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish bo‘yicha nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2006-yil 25-dekabrdagi qo‘shma qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan.

      Ko‘p kvartirali uylardagi joy mulkdorlarining majburiy badallari yoki to‘lovlari miqdorini belgilashda xarajatlarning tarkibini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning qabul qilinishi joy mulkdorlari va ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari o‘rtasidagi ko‘p kvartirali uy umumiy mulkini saqlash, tamirlash va unga tutash hududlarni obodonlashtirish bilan bog‘liq hisob-kitoblarni yuritishda shaffoflikni taminlaydi.

      Shuningdek, “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonun talablaridan kelib chiqqan holda joylar mulkdorlari va ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari huquqlarining taminlanishi hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga xizmat qiladi.

      Shular bilab birga, ko‘p kvartirali uylarni kapital va joriy tamirlash uchun mablag‘lar to‘plash va ulardan foydalanishni taminlaydi.

     “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonunda uchta boshqaruv usuli ko‘rsatilgan bo‘lib, ushbu nizom ham barcha usuldagi boshqaruv organlari (uy-joy mulkdorlari shirkati, ko‘p kvartirali uylarni bevosita boshqarish va boshqaruv kompaniyalari) faoliyatini qamrab olgan.