Yangi Namangan tumanida faoliyat yurituvchi shirkat tomonidan 297 mln so'm maqsadsiz sarflangan
Vazirlik huzuridagi Uy-joy fondi inspeksiyasi tomonidan Namangan viloyati Yangi Namangan tumanidagi ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatuvchi "Mustaqillik" uy-joy mulkdorlari shirkatining faoliyati oʼrganilganda mulkdorlarning 297 mln so'm mablagʼlari maqsadsiz sarflanganligi aniqlandi.
✅ Holat boʼyicha toʼplangan hujjatlar huquqiy baho berish maqsadida prokuratura organlariga taqdim qilindi.